Samarqandda o‘tgan blits bo‘yicha JCHda norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen o‘z titulini himoya qilib, yettinchi bor chempion bo‘ldi. Ayollar o‘rtasidagi turnirda rossiyalik Valentina Gunina g‘olib chiqdi. O‘zbekistonlik sportchilardan Shamsiddin Vohidov va Umida Omonova eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.
Rossiyalik Anastasiya Bodnaruk Samarqandda o‘tkazilgan shaxmatning rapid turi bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston vakilalari orasida eng yaxshi natijani 14 yoshli Afruza Hamdamova ko‘rsatdi. U 117 nafar shaxmatchi ichida 34-o‘rinni egalladi.
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen rapid bo‘yicha besh karra jahon chempioni bo‘ldi. Samarqanddagi turnirda Nodirbek Abdusattorov so‘nggi partiyada durang o‘ynab, kuchli uchlikka kirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. O‘zbekistonlik shaxmatchi 11-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan rapid bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni yakuniga ko‘ra Magnus Karlsen peshqadamlikni saqlab qoldi. O‘zbekiston vakillaridan Jahongir Vohidov va Nodirbek Abdusattorov kuchli 30 talikka kirdi, Muhiddin Madaminov esa hindistonlik grossmeysterni mag‘lub etdi.
Samarqandda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kuni yakunlandi. Magnus Karlsen va yana 4 nafar shaxmatchi peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston vakillaridan Nodirbek Yoqubboyev 31, Umida Omonova 5-o‘rinda. Jahongir Vohidov esa 8 yoshli Roman Shogjiyevga yutqazdi.
Samarqandda shaxmatning tezkor va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi va matbuot anjumani bo‘ldi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen turnir uchun o‘z prognozini aytdi: “O‘zimni blitsda favorit deb bilaman, rapidda esa ko‘pchilik, jumladan, Nodirbek Abdusattorov yutishi mumkin”.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting